Izlash

O‘zbekiston — Better Cotton Conference 2025 xalqaro sahnasida

20/06/2025

O‘zbekiston — Better Cotton Conference 2025 xalqaro sahnasida

18–19-iyun kunlari Izmir shahrida Better Cotton’ning har yili o‘tkaziladigan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi — bu barqaror paxtachilik, mahsulotni kuzatib borish va sertifikatlashtirishga bag‘ishlangan yetakchi xalqaro maydonlardan biridir.

Joriy yilda Global Textile kompaniyasi bosh direktori Muzaffar Razakov sertifikatlash va barqaror ta’minot zanjirlari mavzusidagi panel sessiyasida ishtirok etdi va O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik sanoatining manfaatlarini munosib himoya qildi.

O‘z nutqida u muhim masalalarga to‘xtaldi: soha qanday o‘zgarayotganiga, xalqaro standartlarning tutgan o‘rniga va Global Textile klaster modeli qanday qilib mahsulotni “daladan tayyor mahsulotgacha” kuzatib borish imkonini berishiga e’tibor qaratdi. Ayniqsa, BCI,GOTS,BSCIkabi talablarning yagona, integratsiyalashgan tizim doirasida joriy etilishiga alohida urg‘u berildi.

Nutqning to‘liq matni havola orqali taqdim etilgan.
Tanishib chiqishga taklif qilamiz — bu O‘zbekistonda mas’uliyatli ishlab chiqarish qanday yo‘lga qo‘yilayotgani va xalqaro muloqot qanday rivojlanayotganiga oid qarashdir.